|
Bandixonda

Bandixonda "Rektor va yoshlar uchrashuvi" o'tkazildi.

Bugun Bandixon tumanidagi madaniyat uyida Termiz davlat universiteti rektori, Iqtisodiyot fanlari doktori, professor Toshqulov Abduqodir Hamidovichning tumandagi 200 nafardan ortiq bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuv chog'ida A.Toshqulov tomonidan mamlakatimizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, avvalambor, yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgani va bu borada katta ishlar qilinayotganini alohida ta’kidlandi. Shu bilan birga, yosh avlod yaratilayotgan imkoniyatlarning qadriga yetishi, hayotda muvaffaqiyatga erishish uchun bor kuchi va bilimini sarflashi zarurligi qayd etildi.
Uchrashuvda rektor A.Toshqulov tumandagi 43 ta maktablar bilan ta'lim sifatini oshirish bo'yicha memorandium imzolanishi hamda ushbu maktablarga Termiz davlat universitetining eng ilg'or professor o'qituvchilari kelib dars o'tishi to'g'risida kelishuvlarga erishilganligini aytib o'tdi.

Bundan tashqari maktablarga eng zamonaviy yangi komyuter jihozlari, elektron doskalar keltirilishi rejalashtirilgani qayd etildi. Bandixonlik yoshlarning bugungi zamon talablariga mos bilim olishlari O'zbekiston kelajagi uchun ilm olishni bir kun ham kechiktirmasliklari so'raldi. Zero bilimli yoshlari bor mamlakat albatta rivojlangan davlatlar qatorida bo'lishi nazarda tutildi.

Uchrashuv davomida Bandixonlik yoshlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga rektor A.Toshqulov tomonidan kerakli javoblarni olishdi.
Termiz davlat universiteti rektori Toshqulov Abduqodir Hamidovich yurtimizdagi qolaversa Bandixon tumanidagi barcha yoshlarni har jabhada qo'llab-quvvatlashini ta’kidlab, yetuk kadr bo'lishlariga ishonch bildirdi.

 

0 izox