|
2023 yil yakunlariga ko‘ra jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar to‘g`risidagi hisobotini tasdiqlash haqida

2023 yil yakunlariga ko‘ra jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar to‘g`risidagi hisobotini tasdiqlash haqida

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Kengashining 2022-yil 18-apreldagi “Jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlar bajarilishi yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining hisobotlarini eshitib borish to‘g‘risida”gi KQ-334-VI-sonli qaroriga asosan Jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlar bajarilishi yuzasidan har chorak yakunida hisobot berib borilishi belgilangan.

Tuman hokimligi hamda tuman Kengashi tuman mahalliy budjetining 2023-yil boshida shakllangan erkin qoldiq mablag‘lari va choraklar yakuniga ko‘ra daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismi hisobidan kamida 30 foizini “Tashabbusli budjet” jamg‘armasiga o‘tkazib borilishini ta‘mindi.

2023 yil jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar, ya’ni tashabbusli byudjetlashtirish natijalari bo‘yicha ma’lumotlar va tashabbusli byudjetlashtirish natijalari bo‘yicha ma’lumotga ilovalar 1-ilovaga asosan;

2023 yil o‘tkazilgan tashabbusli byudjet jarayoni yakunlariga ko‘ra ishlarni amalga oshirish uchun ajratilgan mablag‘lar bilan shartnomalarga muvofiq yakuniy mablag‘larga nisbatan bo‘shab qolgan (iqtisod qilingan) qismini jamg‘armaga qayta tiklash miqdori to‘g‘risidagi ma’lumot 2-ilovaga asosan belgilandi.

0 izox