Mamlakatimizda madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash masalalariga davlatimiz tomonidan ustuvor ahamiyat qaratib kelinmoqda.
Joriy yilda Bandixon tumanidagi 9-son madaniyat markazi tuman hokimligi tomonidan 136,0 mln.so'm mablag' evaziga qayta rekonstruksiya qilindi va moddiy texnik bazasi mustahkamlandi. Yangi avtomobil ham berildi. Bundan tashqari madaniyat markazi qoshida tashkil etilgan "Ohuva" folklor xalq xavaskorlik jamoasiga viloyat rahbari tomonidan umumiy qiymati 84,4 million so'mlik ovoz kuchaytirish moslamalari hamda kitoblar berildi.
Bugun Bandixon tuman hokimi Abdumalik Allamuradov madaniyat markazida yaratilgan sharoitlar hamda keltirilgan moslamalar bilan tanishdi. Madaniyat markazi xodimlarining tumanimizda o'tkazilayotgan madaniy tadbirlarda ko'rsatayotgan jonbozliklari e'tirof etildi.
Bandixon tuman hokimligining MATBUOT XIZMATI
0 izox