|
Bandixonda navbatdagi

Bandixonda navbatdagi "Otalar yig'ilishi" bo'lib o'tdi

Yoshlar tarbiyasi hamma davr, har qanday jamiyat uchun eng ustuvor vazifalardan biri bo‘lib kelgan. Bugungi globallashuv jarayonida insoniyat oldidagi eng muhim masalalaridan biri yoshlarning odob-axloqi va ularning ta’lim-tarbiyasi masalasidir. Mamlakat rivoji, yurt ravnaqi o‘sha mamlakatning ertasi, kelajagi bo‘lgan yoshlarning ta’lim-tarbiyasiga bog‘liq. 

Bugun, tumanning “Bandixon” mahallasida joylashgan 17- AFCHO'IM da tuman hokimi, 1-sektor rahbari A.Allamuradov, TerDu Iqdidorli talabalar bilan ishlar bo'limi boshlig'i
B.Toshqobilov hamda ma’sullar ishtirokida "Otalar yig'ilishi" bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda o‘g‘il - qizlarning yaqinlari bilan suhbatlar olib borildi shuningdek, tegishli ma’sullarga ta’lim-tarbiyaga yanada e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlandi va farzand tarbiyasida otalar o‘rni muhim ekanligini inobatga olib, maktablarda “Otalar yig'ilishi” ni yanada keng miqyosda davom ettirish bo‘yicha tuman hokimi tomonidan ma’sullarga ko‘rsatmalar berildi.

Yig‘ilish yakunida joriy o‘qiv yili davomida a’lo baholarga o‘qiyotgan yoshlarning ota- onalariga tuman hokimligi tomonidan "tashakkurnomalar" topshirildi.

? Bandixon tuman hokimligining MATBUOT XIZMATI
https://t.me/Bandixonthaxborotxizmati 

0 izox