|
“Фуқароларнинг ўзаро бир-бирига енгил тан жароҳати етказиши оқибатлари” мавзусидаги мақоласи

“Фуқароларнинг ўзаро бир-бирига енгил тан жароҳати етказиши оқибатлари” мавзусидаги мақоласи

Barchamizga ayonki, yurtimiz mustaqilligidan so‘ng inson huquqlari va manfaatlari oliy qadriyat darajasiga ko‘tarilib, qonun asosida mustahkamlab qo‘yildi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 13-moddasida “O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi”;

O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 52-moddasi “Yengil tan jarohati yetkazish” deb belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra,

1-qismi. Ehtiyotsizlik orqasida yengil tan jarohati yetkazish —

bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

2-qismi. Qasddan yengil tan jarohati yetkazish, bu harakat sog‘liqning qisqa muddat yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatini uncha ko‘p davom etmaydigan turg‘un tarzda yo‘qotishga olib kelmagan bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan to‘rt baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

O‘sha harakatlarni bir yil davomida takror sodir etilganda O‘zbekiston Respublikasi JKning 109-moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortilishi nazarda tutilgan, ya’ni JKning 109-moddasi. Qasddan badanga yengil shikast yetkazish belgilangan unga ko‘ra,

1-qismi Sog‘liqning qisqa muddatga yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatining uncha uzoq bo‘lmagan muddatga yo‘qolishiga olib kelmagan qasddan badanga yengil shikast yetkazish o‘sha harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

2-qismi. Sog‘liqning qisqa vaqt, ya’ni olti kundan ortiq, ammo yigirma bir kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga yomonlashuviga yoki umumiy mehnat qobiliyatining uncha uzoq bo‘lmagan muddatga yo‘qotilishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga yengil shikast yetkazish —

bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

 Hozirda fuqarolar o‘rtasida shaxsga yengil tan jarohati yetkazish kabi ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilishi ortib bormoqda.

Misol uchun: Bandixon tumanida yashovchi R.Safarov (huquqbuzarning ism familiya o‘zgartirilgan) turmush o‘rtog‘i S.Isaqulova (jabrlanuvchining ism familiya o‘zgartirilgan) bilan o‘zaro oilaviy kelishmovchilik sababli tortishib qolib, jahl ustida turmush o‘rtog‘i S.Isaqulovani urib yuborgan va turmush o‘rtog‘i S.Isaqulova holat yuzasidan MFY profilaktika inspektoriga murojaat qilib, turmush o‘rtog‘i urganligini unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan, S.Isaqulova sud tibbiy espertizadan o‘tkazilganda uning yengil tan jarohati olganligi aniqlangan va surishtiruv harakatlari olib borish davomida R.Safarov va S.Isaqulovalar bir-birlaridan uzr so‘rab yarashib olganligini, u jahl ustida profilaktika inspektoriga murojaat qilganligini bayon qilgan va sud tomonidan ularning bu harakatlariga huquqiy baho berilib, ular yarashib olganligini, bir-birlariga da’vosi yo‘qligini vva eru-xotin ekanligini inobatga olib Sud, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 212-moddasini tatbiq etgan holda, ya’ni yarashganligi munosabati bilan huquqbuzarni ma’muriy javobgarlikdan ozod qilib, ma’muriy ishni harakatdan tugatdi.

Bundan tashqari, Bandixon tumanida yashovchi D.Choriev (huquqbuzarning ism familiya o‘zgartirilgan) qo‘shnisi T.Xudoyqulov (jabrlanuvchining ism familiya o‘zgartirilgan)bilan o‘zaro tortishib qolib bir-birlarini urib bir-birlariga yengil tan jarohati yetkazishi natijasi ularga nisbatan Sud tomonidan huquqiy baho berilib, ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 52-moddasi 2-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida, ya’ni 540.000 so‘mdan jarima jazosi tayinladi.

Er-xotin, ota, ona va bola, qarindoshlar, qo‘ni-qo‘shnilar o‘rtasida bo‘layotgan tortishuvlar janjallarni misol keltirish mumkin.

Bandixon tuman hududida yengil tan jarohati yetkazish kabi ma’muriy huquqbuzarlik soni ortib bormasligi uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Bandixon tuman sudi tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda ishlab, hududlarda muntazzam ravish huquqiy targ‘ibot ishlari o‘tkazilib, sayyor sud majlislari o‘tkazilib, fuqarolarga tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Yurtboshimiz Shavkat Miromonovich ta’birlari bilan aytganlaridek, hammamiz bir bo‘lib, vatan ravnaqi, xalq manfaati va yurtimiz tinchligi uchun kurashishimiz shart.

                                                                         

                                                                   M.E.Abdimo‘minov

                                                               Jinoyat ishlari bo‘yicha   Bandixon tuman sudi raisi

0 izox