|
Tuman hokimi xorijdagi yoshlar bilan suhbatlashdi

Tuman hokimi xorijdagi yoshlar bilan suhbatlashdi

Bugun Bandixon tumani hokimi A.Allamuradov, sektor rahbarlari xorijda o‘qiyotgan, ishlayotgan Bandixonlik yoshlar bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda 67 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etishdi. Dastlab, tuman hokimi yurtimizda, tumanimizda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar va ularning erishayotgan yutuqlari haqida to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, xorijdagi yoshlarning yashash sharoiti va o‘qish jarayonlari bilan qiziqdi. Ularning takliflari va tashabbuslarini tingladi.

Onlayn uchrashuv davomida yoshlar tomonidan berilgan savollarga javoblar berilib, bildirilgan taklif va murojaatlarni ijobiy hal etish choralari belgilandi.

? Bandixon tuman hokimligining MATBUOT XIZMATI
https://t.me/Bandixonthaxborotxizmati 

0 izox