Joriy yilning 14-sentabr kuni Bandixon tuman hokimi Abdumalik Allamuradov tomonidan Inson qadrini ulug‘lash va aholi muammolarini o‘rganish hamda ularni ijobiy hal qilish maqsadida, muntazam sayyor qabullar o‘tkazilib kelinmoqda. Bugun reja grafikka asosan tuman markazidagi Bandixon suv xo’jaligi va melioratsiya kolleji binosida navbatdagi Sayyor qabul tashkil etildi.
Sayyor qabul jarayonida fuqarolar tomonidan turli muammolar xususan, ichimlik suvi, moddiy va tibbiy yordam berish kredit ajratish, ichki ko‘chalarni toshlash, elektr tayanch ustunlar o‘rnatish kabi muammolarning hal etilishini so‘rab murojaat qilishdi. Unda 9 ta turli murojaatlaring 3 tasi joyida ijobiy hal etildi. Qolgan 6 ta murojaatlarni o‘rganish vaqt talab etadiganlari tegishli mutasaddi rahbarlarga hal etish bo’yicha topshiriqlar berildi.
0 izox