|
Bandixonda Afg'on urushi qatnashchilari e'zozlandi

Bandixonda Afg'on urushi qatnashchilari e'zozlandi

Afg'onistonda xalqaro harbiy harakatlarning tugaganligiga 35 yil to'lishi munosabati bilan, Afg'on tuprog'idagi janglarda va urushdan keyingi tinchlik davrda hayotgan ko'z yumganlarning xotiralarini abadiylashtirish, ota- onalari va oila a'zolarini ijtimoiy muhofaza qilish, ularga ma'naviy- moddiy hamda tibbiy jihatdan yordam ko'rsatish maqsadida bugun ushbu urushda qatnashib, jang maydonidan omon qaytgan Bandixonlik fuqarolar uchun tumandagi "Shukrona" restoranida tuman hokimligi tomonidan bir piyola choy tashkil etilib, urush maydonida o'tganlarning abadiy xotirasi yodga olindi.

Tadbirda Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat mudiri O.Ishpo'latov, tuman hokimining o'rinbosari I.Mamasolayeva, tuman hokimligi Matbuot xizmati rahbari M.Yunusov ishtirok etib sana munosabati bilan Afg'on urushi qatnashchilarini muborakbod etishdi.

Shundan so'ng bir piyola choy ustida suhbatlar olib borilib, ularning kayfiyatini ko'tarish maqsadida tuman Madaniyat bo'limi xonandalari tomonidan kuy- qo'shiqlar ijro qilindi.

Bandixon tuman hokimligining MATBUOT XIZMATI
https://t.me/Bandixonthaxborotxizmati 

0 izox