Seminarda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etdi. Viloyat rahbari fermerlar bilan suhbatda bo‘lib, ularga yerlarni o‘z vaqtida va sifatli tayyorlash, kuzgi boshoqli don ekinlarini qisqa muddatda sifatli ekish, sug‘orish va to‘liq undirib olish muhimligini ta’kidladi.
Shu bilan birga, seminarda paxta yig‘im-terim ishlarining borishi ham ko‘rib chiqildi. Paxta terimi jarayonlarini jadallashtirish va mehnat resurslarini samarali taqsimlash bo‘yicha dolzarb masalalar muhokama qilindi. Paxta maydonlarida mavjud hosilni nest-nobud qilmasdan terib olish vazifalari belgilab olindi.
Mazkur tadbirlar tuman qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirishga qaratilgan say-harakatlar bir qismi bo‘lib, 2025-yilgi hosilning muvaffaqiyatli bo‘lishini ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.
Bandixon tumani hokimligi Axborot xizmati
0 izox