|
Yangi O'zbekiston ostonasi maktabdan boshlanadi

Yangi O'zbekiston ostonasi maktabdan boshlanadi

Bugungi kunda Yangi O'zbekiston hayotining barcha sohalari chuqur islohotlar maydoniga aylangan. Bu jarayonda ijtimoiy sohaning asosi hisoblangan ta'lim tizimidagi o'zgarishlar haqida to'lqinlanib so'zlamaslikning iloji yo'q. Mamlakatimizda so'nggi yillarda ta'lim tizimining barcha bosqichlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish bo'yicha amaliy ishlar hal qiluvchi bosqichga kirdi.

Prezidentimiz ta'kidlaganidek: “Farzandlarimiz maktabdan qanchalik bilimli bo'lib chiqsa, yuqori texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyot tarmoqlari shuncha tez rivojlanadi, ko'plab ijtimoiy muammolarni echish imkoni tug'iladi. Shunday ekan, Yangi O'zbekiston ostonasi maktabdan boshlanadi desam, o'ylaymanki, butun xalqimiz bu fikrni qo'llab-quvvatlaydi”.

Joriy yilning 4-sentabr kuni Bandixon tumani hokimi Abdumalik Allamuradov 17-MFCHO'IMda “Bilimlar kuni” tadbirida ishtirok etiib, o‘quvchilar, ustozlar va ota-onalarni mustaqilligimizning 33 yillik bayrami hamda yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan murakbod etdi.

1-sinfga ilk qadam qo'ygan bolajonlarga barcha turdagi o'quv qurollaridan iborat Prezident sovg‘asi tantanali topshirildi.

Yangi O'zbekiston – obod va farovon mamlakatimizni barpo etishda yoshlarimizning alohida o'rni bor. O'quvchi yoshlardan o'z vatanparvarliklari, bilim va malakasi, g'ayrat-shijoati, tashabbuskorliklari bilan shu yurt va shu xalqning munosib farzandlari ekanliklarini namoyon etishlari so'raldi.

0 izox