Joriy yilning 26-avgust sanasida Bandixon tumanida tashkilot rahbarlariga biriktirilgan 100 nafar yoshlar bilan tuman hokimi va sektor rahbarlarining uchrashuvi bo’lib o’tdi. Uchrashuv davomida yoshlarning muammolari tinglandi. 6 nafar yoshlardan kadastr, ishga joylashish, davolanish va boshqa masalalardagi 6 ta murojaatlar kelib tushgan bo’lsa 2 ta murojaat shu joyning o’zida hal etildi.
Bundan tashqari kam ta’minlangan oilalarning 3 nafar farzandlariga maktab formasi va o’quv qurollari topshirildi.
0 izox