Bugungi kunda mamlakatimizda fuqarolar muammolarini o'rganish va uni hal etish eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Joriy yilning 1-avgust kuni tuman hokimi, 1-sektor rahbari Abdumalik Allamuradovning sektor hududidagi Polvontosh mahallasida joylashgan 7-sonli umumta'lim maktabida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Bandixon tumanidagi Xalq qabulxonasi mudir X.Xolmurodovlar hamda tegishli mas'ul tashkilotlar ishtirokida navbatdagi "Sayyor qabuli" bo'lib o'tdi.
Bugungi qabul davomida fuqarolar asosan ichki yo'llarni toshlash, elektr energiya, ichimlik suvi, davolanish uchun order olish, kadastr hamda boshqa masalalarda tuman hokimiga murojaat qilishdi. Qabulda jami 50 nafardan ortiq fuqarolar qatnashib, 9 ta fuqarolardan 11 ta murojaat kelib tushgan bo‘lsa, shundan 5 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi. Qolgan 6 ta murojaatlar yechimi tuman hokimi tomonidan nazoratga olinib, ma’lum vaqt talab etadigan masalalar aniq ijro muddati bilan mas’ullarga yo‘naltirildi hamda batafsil o‘rganib chiqish va hal etish bo‘yicha vazifalar yuklatildi.
0 izox