|
Qalblarda shukronalik bilan..

Qalblarda shukronalik bilan..

Davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar doirasida markaz shaharlardan tortib eng chekka, olis qishloqlarda ham mahalla infratuzilmasini yaxshilash, aholi turmush sharoitlarini yaxshilash borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, chekka va olis qishloqlarda muammo bo‘lib kelgan chang, tuproq va loyli yo‘llarga tosh to‘kilmoqda, asfalt yotqizilmoqda.
Bu borada esa tumanimizdagi barcha mahalla fuqarolar yig‘inlarida samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Birdamlik mahallasidagi "Nizomiy" hamda "Bandixon-2" ko‘chalariga asfalt yotqizish ishlari amalga oshirildi.

Endilikda bu yo‘llar yozda chang, qishda loy bo‘lmaydi. Aholi ham tuproq kechib yurishga majbur bo‘lmaydi.

Mahallalarda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va qurilish ishlaridan fuqarolarimiz shukronalik hissini tuymoqda.

0 izox