|
Bilimlar kuni muborak!

Bilimlar kuni muborak!

So‘nggi yillarda yurtimizda ta’lim sohasiga alohida e’tibor qaratilib o‘quvchilarning chuqur bilim olishlari uchun shart-sharoit va imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Xususan zamonaviy maktab binolarining qurilib foydalanishga topshirilayotganligi buning yorqin isbotidir.
Muhtaram Prezidentimiz tomonidan ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotlar davlat siyosatining eng muhim va ustuvor yo‘nalishi darajasiga ko‘tarildi.
Joriy yilning 4-sentabr sanasida Bandixon tuman IIB boshlig'i M.Ishkarayev sektor hududidagi 25-sonli umumta’lim maktabining "Bilimlar kuni" tadbirida ishtirok etdi. Tadbirda o‘quvchilar, ustozlar va ota-onalarni mustaqilligimizning 33 yillik bayrami hamda yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan tabrikladi. Tadbirdan so'ng o'quvchilarga "Mustaqillik darsi" tashkil etildi va yangi o‘quv yilida ularga muvaffaqiyatlar tiladi.

0 izox