|

"Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida O'zbekiston mahallalari uyushmasi kubogi uchun mahalla yoshlari o'rtasida sportning "Gandbol" turi bo'yicha tuman bosqichi o'tkazildi.

Surxondaryo viloyati Bandixon tumani Bandixon mahallasida joylashgan bolalar va o'smirlar sport maktabida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida O'zbekiston mahallalari uyushmasi kubogi uchun mahalla yoshlari o'rtasida sportning "Gandbol" turi bo'yicha tuman bosqichi o'tkazildi. Musobaqasida 17-30 yosh toifasida jamoalar ishtirok etishdi.

Ushbu o'yin finalida Bahoriston va Bandixon mahallalarining yoshlari jamoalari kurash olib bordi. Bahoriston mahallasi yoshlari 1-o'rinni egallab viloyat bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

Musobaqada go'lib bo'lgan jamoalarga hamkor tashkilotlarning diplom va qimmatbaho sovg'alari topshirildi.

0 izox