|
Bandixon tumanida navbatdagi mehnat yarmarkasi o'tkazildi

Bandixon tumanida navbatdagi mehnat yarmarkasi o'tkazildi

Bandixonda navbatdagi mehnat yarmarkasi o'tkazildi

Kecha xabar berilganidek, bugun Bandixon tuman prokuraturasi hamda tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi bilan hamkorlikda tumanning "Bektepa" mahallasida joylashgan suv xo'jaligi va melioratsiya kollejida belgilangan reja grafik asosida bo‘sh ish o‘rinlari “Mehnat yarmarkasi” tashkil etildi. Bo‘sh ish o‘rinlari "Mehnat yarmarkasi" tegishli mas’ullar va ish izlab yurgan fuqarolar ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Ushbu bo‘lib o‘tgan bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasiga jalb qilingan ish beruvchilar tomonidan maqbul kelgan bo‘sh ish o‘rinlariga ishsiz fuqarolarni shu joyning o‘zida ishga qabul qilish bo‘yicha me’yoriy xujjatlar rasmiylashtirilib, probatsiya hisobidagi 1 nafar fuqaroga ham ishga joylashish uchun yo‘llanma berildi.
O‘tkazilgan bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasiga jami 58 nafar ishsiz fuqarolar jumladan:
30 nafar yoshlar, 28 nafar xotin-qizlar  qatnashib, yarmarkada ishtirok etgan jami ishsiz fuqarolarning 30 nafariga, ishga joylashish uchun yo‘llanma berildi.
Bundan tashqari “Ayollar va yoshlar  daftari”da turgan 2 nafar xotin-qizlarga subsidiya asosida tikuv mashinkasi ajratib berildi.


26 nafar fuqarolarga mehnat qonunchiligi va aholi bandligi yo‘nalishlarida qiziriqtirgan savollarga tegishli mutaxassisilar tomonidan javoblar berildi

 

 

0 izox