|
Bandixon tumani

Bandixon tumani "Limonzor" mahallasida tuman tibbiyot birlashmasining "Sayyor qabuli" o’tkazildi.

Joriy yilning 5-sentabr kuni Bandixon tuman hokimligi, tuman tibbiyot birlashmasi, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Bandixon tumanidagi Xalq qabulxonasi bilan hamkorlikda tumanning "Limonzor" mahallasida "Sayyor qabuli" bo‘lib o‘tdi.

✅ Bunda tashqi migratsiyadan qaytgan fuqarolar, kam ta’minlangan, ehtiyojmand, tibbiy ko’rikka muhtoj hamda nogironligi bor shaxslar tibbiy ko’rikdan o’tkazildi.

Bugungi sayyor qabul davomidagi tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra;

17 nafar fuqarolarni tibbiyotga doir murojatlari tinglandi. Shundan 2-guruh nogironi Qurbonov Umid viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazi Kardio revmatologiya boʻlimida 10 kun davolanish uchun yoʻllanma(order) bilan bepul taʼminlandi. 6 nafar bemorlar tuman Tibbiyot birlashmasi boʻlimlarida statsionar sharoitda davolanishi belgilandi. Qolgan 10 nafar fuqarolarni murojaatlari ijrosi yuzasidan Xalq qabulxona mudiri tomonidan masʼullarga topshiriq berildi.

0 izox