|
✅Amaldagi islohotlar: Inson qadri uchun

✅Amaldagi islohotlar: Inson qadri uchun

Joriy yilning 11-sentabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida "Mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish, kambag‘al oilalar bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari" yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda barcha bo‘g‘indagi rahbarlarning kundalik ishi oilalarni kambag‘allik sharoitidan olib chiqish bo‘lishi kerakligini ko‘rsatib o‘tdi. Mutasaddilar bu borada nazorat ham, so‘rov ham qattiq bo‘lishi haqida ogohlantirildi.

Bugun tuman hokimi A.Allamuradov tomonidan "mahalla yettiligi"ga mahalladagi har bir xonadonni to‘liq xatlovdan o‘tkazib, kambag‘al oila bo‘yicha individual ishlash borasida hamda "Inson" ijtimoiy xizmati markazida kambag‘al oilalarni reestrga kiritish va chiqarishning haqqoniyligini va kambag‘al oilalarga berilayotgan mablag‘lar egasiga manzilli yetib borishini ta'minlash vazifalari berildi.

0 izox