|
MATBUOT ANJUMANI

MATBUOT ANJUMANI

Bandixon tumanida 2022 yil davomida amalga oshirilgan ishlar, 2023 yilga belgilangan ustuvor vazifalar to'g'risida Ochiq muloqot bo'lib o'tdi. Yoshlarni madaniyat, san'at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb qilish, ularning axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirishga qaratilgan 5 ta muhim tashabbus hayotga samarali tatbiq etilmoqda. Ushbu islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini xalqimizga yetkazish, targ‘ibot tadbirlarini mahallalar bo‘yicha o‘tkazish, aholi kayfiyatini ko‘tarish maqsadida Bandixon tumanida 2022 yil davomida amalga oshirilgan ishlar, kuni kecha 2023 yilga belgilangan ustuvor vazifalar to'g'risida Ochiq muloqot bo'lib o'tdi. Ochiq muloqotda 2022 yil davomida Bandixon tumanida amalga oshirilgan ishlar, va kelgusida amalga oshiriladigan ishlar mavzusida so'z borib keng jamoatchilik vakillari takliflarini berishdi


Bandixon tumanida 2022 yil davomida amalga oshirilgan ishlar, 2023 yilga belgilangan ustuvor vazifalar to'g'risida Ochiq muloqot bo'lib o'tdi. Yoshlarni madaniyat, san'at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb qilish, ularning axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirishga qaratilgan 5 ta muhim tashabbus hayotga samarali tatbiq etilmoqda. Ushbu islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini xalqimizga yetkazish, targ‘ibot tadbirlarini mahallalar bo‘yicha o‘tkazish, aholi kayfiyatini ko‘tarish maqsadida Bandixon tumanida 2022 yil davomida amalga oshirilgan ishlar, kuni kecha 2023 yilga belgilangan ustuvor vazifalar to'g'risida Ochiq muloqot bo'lib o'tdi. Ochiq muloqotda 2022 yil davomida Bandixon tumanida amalga oshirilgan ishlar, va kelgusida amalga oshiriladigan ishlar mavzusida so'z borib keng jamoatchilik vakillari takliflarini berishdi


"Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturlari doirasida amalga amalga oshirilgan ishlar, tuman infratuzilmasini yaxshilash borasidagi istiqbolli rejalar mavzusida Matbuot anjumani bo'lib o'tdi
Anjumanda tuman hokimi o'rinbosari M.Qurbonmuratov va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
2022 yil "Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturi doirasida Bandixon tumani "Bektepa" va “Qo‘rg‘on” aholi punktlarida amalga oshirilayotgan qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari to'g'risida ma'lumot berildi.
2022 yilda Bandixon tumanida “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturi doirasida mahallalarning arxitektura qiyofasini yangilash va hududlarini obodonlashtirish uchun 1 ta mahalladagi 2 ta aholi punkti (Ushbu aholi punktlarida, xonadonlar soni–720 ta, (“Bektepa” aholi punktida 396 ta, “Qo‘rg‘on” aholi punktida 324 ta); 2 ta aholi punktida jami aholi soni – 3830 nafarni tashkil etadi (“Bektepa” aholi punktida 2615 nafar, “Qo‘rg‘on” aholi punktida 1215 nafar)) mahalla tanlab olindi.
“Obod mahalla” dasturini amalga oshirish va belgilangan parametrlar ijrosini ta’minlash yuzasidan korxona, tashkilot va ijrochilarning faoliyati muvofiqlashtirilib, mahalla bo‘yicha maxsus shtablar tashkil etildi hamda quyidagi ishlar amalga oshirildi.
Jumladan,


Yakka tartibdagi uy-joylarni ta’mirlash bo‘yicha:
Dastur doirasida 80 ta ("Bektepa" aholi punktida 38 dona; “Qo‘rg‘on” aholi punktida 42 dona) yakka tartibdagi uy-joylarni ta’mirlanish rejlashtirilgan.
Bajarilgan: amalda, ("Bektepa" aholi punktida 38 dona; “Qo‘rg‘on” aholi punktida 42 dona yakka tartibdagi uy-joylarda qurish va ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan.
Umumiy maydonlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlash-tirish bo‘yicha
Dastur doirasida 1,1 mln. so‘m mablag‘lar xisobidan 6,8 km ("Bektepa" aholi punktida 4,8 km; “Qo‘rg‘on” aholi punktida 2 km) piyodalar yo‘laklari qurish va ta’mirlash, 168 dona ("Bektepa" aholi punktida 120 dona; “Qo‘rg‘on” aholi punktida 48 dona) tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish va 1030 tup ("Bektepa" aholi punktida
720 dona; “Qo‘rg‘on” aholi punktida 310 dona) manzaralri daraxt ko‘chatlari ekish rejalashtirilgan.
Bajarilgan: amalda, pudratchi “Diyorbek Ideal Servis” MCHJ tomonidan "Bektepa" aholi punktida 4,8 km piyodalar yo‘laklari qurish va ta’mirlash ishlari hamda 730 tup manzarali daraxt ko‘chatlari ekish ishlari bajarilgan, “Qo‘rg‘on” aholi punktida 2 km piyodalar yo‘laklari qurish va ta’mirlash ishlari hamda 320 tup manzarali daraxt ko‘chatlari ekish ishlari bajarilgan.
Yangi tipdagi chiqindi yig‘ish modullarini o‘rnatish
Dastur doirasida 28,0 mln. so‘m o‘z mablag‘lar xisobidan 7 dona ("Bektepa" aholi punktida 5 dona; “Qo‘rg‘on” aholi punktida
2 dona) yangi tipdagi chiqindi yig‘ish modullarini o‘rnatish ishlari rejalashtirilgan.
Bajarilgan: amalda, tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan "Bektepa" aholi punktida 5 dona; “Qo‘rg‘on” aholi punktida 2 dona yangi tipdagi chiqindi yig‘ish modullarini o‘rnatish ishlari amalga oshirildi.
Ijtimoiy soha ob’yektlarini yaxshilash bo‘yicha:
Dastur doirasida Respublika byudjetidan (3,7 mlrd so‘m) 1 ta umumta’lim maktabida (2-sonli maktabning 210 o‘rinli binosini mukammal ta’mirlash hamda 180 o‘rinli qo‘shimcha bino qurish) qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirish rejalashtirilgan.
Bajarilgan: amalda, tender savdosiga ko‘ra 3 mlrd 326 mln.so‘m bilan pudratchi “Boysun Bunyodkori” X/K g‘olib deb topilib, pudratchi tomonidan 2 mlrd 776 mln.so‘m mablag‘ o‘zlashtirilib amalda 210 o‘rinli binoda: QMI mukammal ta’mirlash ishlari 25 avgustda yakunlangan,


180 o‘rinli binoda QMI 100% yakunlanib foydalanishga topshirilgan.
Ichki yo‘llarni yaxshilash bo‘yicha:
Dastur doirasida 21 ta ob’yektlarda 11,1 mlrd. so‘m mablag‘ hisobidan 33,8 km (Bektepa-13,8 km, 4,1 mlrd.so‘m, Qo‘rg‘on-20 km,
4,3 mlrd.so‘m) ichki yo‘llarni ta’mirlash rejalashtrilgan.
Amalda: pudratchi korxona va tashkilotlar tomonidan "Bektepa" aholi punktida 9,1 km (4,4 km ichki yo‘llarga asfalt yotqizish ishlari bajarilmagan), "Qo‘rg‘on" aholi punktida 15,3 km yo‘llarni ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan.

Muxriddin Toshpoʻlatov, [02.02.2023 15:30]
Bajarilmagan: 4,4 km ichki yo‘llarga asfalt yotqizish ishlari
Elektr ta’minoti tizimi bo‘yicha:
Dastur doirasida 630,5 mln. so‘mlik mablag‘lar xisobidan
2 ta aholi punktida 7,5 km (Bektepa-3,5 km, Qo‘rg‘onr-4,0 km) elektr tarmog‘i tortiladi, 2 dona (Bektepa-1 dona, Qo‘rg‘on-1 dona) transformator o‘rnatiladi.Bajarilgan: amalda, jami 945,2 mln. so‘mlik mablag‘lar o‘zlashtirilishi xisobiga “Bektepa” aholi punktida 8,2 km SIP provod kabellar tortilgan va 1 dona transformator o‘rnatilgan, “Qo‘rg‘on” aholi punktida 5,1 km SIP provod kabellar tortilgan va 1 dona transformator o‘rnatilgan.
Tabiiy gaz ta’minoti tizimi bo‘yicha:
Dastur doirasida, 9,0 mln. so‘m mablag‘lar xisobidan 2 ta aholi punktida jami 2,0 km (Bektepa-1,0 km, Qo‘rg‘on-1,0 km) gaz tarmoqlari hamda 2 ta (Bektepa-2 dona) gaz taqsimlash punkti ta’mirlanadi.
Bajarilgan: amalda “Bektepa” va “Qo‘rg‘on” mahallalarida 2,0 km gaz quvurlari joriy ta’mirlash ishlari hamda 2 dona gaz taqsimlash punktlarini ta’mirilash ishlari 100%ga yakunlangan.
Ichimlik va oqova suv ta’minoti tizimi bo‘yicha:
Dastur doirasida 1,576 mlrd. so‘mlik mablag‘lar hisobidan 22 km (Bektepa-13 km, Qo‘rg‘on-1,9 km) ichimlik suv tarmog‘ini qurish va rekonstruksiya qilish hamda “Qo‘rg‘on” aholi punktida 1 dona ichimlik suv inshootini qurish ishlari rejlashtirilgan.
Amalda: tender savdosiga ko‘ra “Bektepa” aholi punktida 23,8 km ichimlik suv tarmog‘ini tortish ishlarini 3 mlrd 296 mln.so‘m bilan pudratchi “Boysun Bunyodkori” X/K g‘olib deb topilib, pudratchi tomonidan 3 mlrd 160 mln.so‘m mablag‘ o‘zlashtirilib amalda 23,8 km ichimlik suv tarmog‘i tortilgan, hozirgi kunda xisoblagichlar o‘rnatish ishlari olib borilmoqda. “Qo‘rg‘on” aholi punktida 14 km ichimlik suv tarmog‘i tortish va 1 dona suv chiqarish inshootini qurish ishlarini
2 mlrd 750 mln.so‘m bilan “Chinor” X/K g‘olib deb topilib, pudratchi tomonidan 2 mlrd 470 mln.so‘m mablag‘ o‘zlashtirilib amalda 13,6 km ichimlik suv tarmog‘i tortilgan, hozirgi kunda 0,4 km tarmoq tortilmagan, 1 dona suv inshootini qurish ishlari yakuniga yetkazilmagan.
Aloqa va axborotlashtirish tizimini yaxshilash bo‘yicha
Dastur doirasida, 59,9 mln so‘mlik mablag‘lar xisobiga 1,8 km (Bektepa-0,9 km, Qo‘rg‘on-0,9 km) optik tolali aloqa tarmoqlari rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan.
Bajarilgan: amalda, jami 2,2 km optik tolali aloqa tarmoqlari tortish (Bektepa aholi punktida 1,3 km, “Qo‘rg‘on” aholi punktida
0,9 km) ishlari yakunlangan.
Tadbirkorlik va axoli, xomiylik mablag‘lari xisobidan quriladigan ijtimoiy va boshqa turdagi ob’yektlar bo‘yicha:
Dastur doirasida aholi va tadbirkorlar va kredit mablag‘lari hisobidan 4 ta loyihalarda 950,0 mln. so‘m mablag‘lar xisobidan amalga oshiriladigan ijtimoiy va maishiy hamda xizmat ko‘rsatish ob’yektlari qurilishi rejalashtirilgan.
Bajarilgan: amalda, 4 ta loyixalarda 1,01 mlrd. so‘mlik (qurilish montaj ishlari amalga oshirilgan, ushbu loyixalarning barchasi foydalanishga topshirilgan.

4 izox