Bugun Bandixon tumani prokuraturasida otaliqqa olingan yoshlar uchun “Ochiq eshiklar” kuni tadbiri o‘tkazildi. Tadbirning asosiy maqsadi yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash va kelajakda o‘z mustaqil hayotlarini muvaffaqiyatli tashkil etishiga ko‘maklashishdan iboratdir. Bandixon tumani prokuraturasida o‘tkazilgan “Ochiq eshiklar” kuni ham tizim faoliyati bilan yaqindan tanishishga qaratildi.
Tadbirda mahallalardagi yoshlar yetakchilari va o‘quvchi yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbir tashkilotchilari yoshlarni tarbiyalab voyaga yetkazayotgan ota-onasi, ustozlari ishonchini oqlash, Vatanimizga munosib farzand bo‘lishi, yurtimiz rivojiga hissa qo‘shishi, o‘qib-izlanib, teran fikrlash, ertangi kunimiz ravnaqi uchun mustahkam poydevor bo‘lishlari uchun o‘z tavsiyalarini berishdi.
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati
0 izox