Bugun Bandixon tuman politexnikumida tuman hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo'limi va Oila va xotin-qizlar bo'limi bilan hamkorlikda O‘zbekona kiyinish madaniyatini targ‘ib qilish, zamonaviy milliy moda sanoatida o‘zbekona amal qilish, milliy an’analarimizni keng targ‘ib qilish maqsadida “Milliy liboslarda zamonaviy va an'anaviy qadriyatlar uyg'unligi” shiori ostida modalar namoyishi o'tkazildi. Tadbirda 5 ta jamoalar milliy liboslarimizda bellashishdi. Bellashuvda milliy matolardan tikilgan har bir libos bo'yicha tushuntirishlar berildi. Tadbir yakunida g'oliblar diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

0 izox