Bandixon tumanidagi sportchi yoshlar uchun 12 turdagi jami 660 dona sport anjomlari topshirildi.
Yurtboshimizning tashabbusi bilan bugungi kunda yoshlarga katta e’tibor qaratilmoqda. Xususan, yosh avlodning barkamol bo‘lib voyaga yetishlarida muhim bo‘lgan sport sohasida ham ulkan yutuqlarga erishilmoqda. Bunda farzandlarimizning ma’nan yetuk va jismoniy sog‘lom bo‘lishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda.
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi tomonidan Surxondaryo viloyat sport boshqarmasi tassarufidagi Bandixon tumani sport maktabida sport bilan shug‘ullanuvchi sportchi yoshlar uchun sport formalari, jihozlar va anjomlari topshirildi.
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati
0 izox