|

"BARKAMOL AVLOD BOLALARI” FESTIVALI BANDIXONDA!

"BARKAMOL AVLOD BOLALARI” FESTIVALI BANDIXONDA!

?Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan “Barkamol avlod bolalari” festivaliga START BERILDI.

⚡️Bugun Surxondaryo viloyat Bandixon tumani "Barkamol avlod" bolalar maktabi tashabbusi bilan tumandagi "Bolalar musiqa va san'ati" maktabida ushbu festivalning tuman bosqichi quyidagi yoʻnalishlar bo'yicha bo’lib o’tdi:

✅“Madaniyat va san’at” — yo‘nalishi (Tasviriy san'at);

✅“Texnika, konstruktorlik va modellashtirish” — yo‘nalishi (Robototexnika va konstruktorlik)

✅“Jismoniy tarbiya va sport” — yo‘nalishi (Shaxmat-shashka);

✅“Hunarmandchilik va qo‘l mehnati” — yo‘nalishi (Bichish-tikish);

✅“Turizm va ekologiya” — yo‘nalishi (Karving)

✅“Oliy ta’lim muassasalari va maktabga tayyorlov” — yo‘nalishi (Mental arifmetika)

✅“Xorijiy tillar” — yo‘nalishi (Ingliz tili)

✨Festival gʻoliblari va faol ishtirokchilarga diplom, turli sovrinlar va esdalik sovgʻalari topshirildi.

#Surxondaryo
#Bandixon

 

? Bandixon tuman hokimligining MATBUOT XIZMATI

Kanalga ulanish?
https://t.me/Bandixonthaxborotxizmati

0 izox