|
BANDIXON TUMANI HOKIMI ALLAMURADOV ABDUMALIK ABDUQODIROVICHNING TUMAN AHOLISIGA RAMAZON HAYITI BAYRAM TABRIGI!

BANDIXON TUMANI HOKIMI ALLAMURADOV ABDUMALIK ABDUQODIROVICHNING TUMAN AHOLISIGA RAMAZON HAYITI BAYRAM TABRIGI!

Assalomu alaykum qadrli tumandoshlar!
Mehr-muruvvat, hamjihatlik kabi ezgu qadriyatlarni ulugʻlovchi ayyomning hayotimizdagi oʻrni va ahamiyati beqiyos. Bu qutlugʻ kunda barchamiz, avvalo, yurtimizdagi tinchlik-xotirjamlik, fayz-u baraka, oilalarimizdagi farovonlik uchun cheksiz shukronalar aytamiz! Ramazoni sharif har bir xonadonga, jonajon yurtimizga qut-baraka, sog‘lik-omonlik va baxtu saodat hamda fayzu futuh olib kelsin!
Mamlakatimiz osoyishtaligi va taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi yoʻlidagi barcha xayrli ishlarimizga Yaratganning oʻzi madadkor boʻlsin! 
Muborak Ramazon hayiti bilan tumanimizdagi jamiki mo‘min-musulmonlarni samimiy muborakbod etib, barchangizga sihat-salomatlik, oilangizga tinchlik-xotirjamlik tilayman!
Ramazon hayiti barchamizga muborak bo‘lsin!

BANDIXON TUMANI HOKIMI ALLAMURADOV ABDUMALIK ABDUQODIROVICH

0 izox