Qadrli tibbiyot xodimlari va soha faxriylari!
Inson sog‘lig‘ini asrash va mustahkamlashdek ishga o‘z hayotini bag‘ishlagan siz, azizlarni Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan chin qalbimdan tabriklayman. Sizlarning timsolingizda xalq salomatligi yo‘lida o‘z halovatidan kechib, kunni tunga ulab, fidokorona mehnat qilayotgan sharafli kasb egalarini ko‘ramiz. Eng mashaqqatli va shu bilan birga sharafli kasblardan biri shifokorlik kasbi hisoblanadi. Chunki, sizlarning mahoratingiz, malakangiz, mas’uliyatingiz insonlarning hayoti va taqdirida o‘rin egallaydi. Jamiyatimizning barcha sohalari qatorida, mamlakatimizda tibbiyotning rivojlanishi, sifatli tibbiyot xizmatlaridan foydalanishlari, shifokorlarning bilimlari, ko‘nikmalari, mahoratlarini oshirishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib kelinmoqda. Davlatimiz rahbari Siz soha xodimlariga yoʻllagan tabrigida taʼkidlaganlaridek, “Yangi O‘zbekistonimiz erishayotgan katta yutuqlarda, inson kapitalini rivojlantirishda jonkuyar tibbiyot xodimlarining munosib hissasini e’tirof etib, ularga har qancha rahmatlar aytsak, arziydi.”
Qadrli tibbiyot xodimlari!
Fursatdan foydalanib barchangizga, xalq salomatligi yo‘lidagi ishlaringizning hamisha bardavom bo‘lishini, kasb bayrami bilan yana bir bor samimiy muborakbod etib, sihat-salomatlik, ulkan zafarlar, oilaviy baxt-saodat, xonadonlaringizga fayzu baraka tilab qolaman. Bayramingiz muborak bo‘lsin!
0 izox