O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentabrdagi “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-330-sonli qaroriga asosan, Bandixon tumanidagi ehtiyojmand va tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan oilalarga imtiyozli kredit va subsidiya mablag‘lari asosida tikuv mashinalari ajratilmoqda.
Xususan, bugun Bandixon tumanidagi 31 nafar kambag'al oila deb e'tirof etilgan oilasida ishsiz bo'lgan xotin-qizlar va yoshlarga tikuv mashinasi va asbob-uskunalar topshirildi. Bu imkoniyat ayollarimiz va yoshlarimiz uchun oilasi bag‘rida tinch, hotirjam va ishlash uchun sharoitlar yaratadi.
Yurtboshimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlardan fuqarolarimiz o‘z minnatdorligini bildirshmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting!
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati
0 izox