Avvalo tibbiyot xodimlari timsolida xalq salomatligi yoʻlida oʻz halovatidan kechib, kunni tunga ulab, fidokorona mehnat qilayotgan sharafli kasb egalarini koʻramiz.
Barchamizga ma’lumki, yurtimizda har yili noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi O'zbekiston Respublikasi Tibbiyot xodimlari kuni sifatida nishonlanib kelinmoqda. Shu munosabat bilan Bandixon tumanidagi “Xonsaroy” tantanalar saroyida tibbiyot xodimlari uchun bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda tuman hokimi Abdumalik Allamuradov, sektor rahbarlari ishtirok etib, tibbiyot xodimlariga oʻz tabrigini yoʻlladi hamda ularning mashaqqatli mehnati uchun samimiy minnatdorchiligini bildirdi.
Tadbir davomida, sohaning bir guruh fidoyi xodimlarga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Bundan tashqari Davlatimizning yuksak mukofoti ? II darajali «Salomatlik» ordeni bilan taqdirlangan Bandixon tumanidagi 44-oilaviy poliklinikasi oilaviy shifokori Saidov Ashur Saparovich ham tabriklandi.
Bayram tadbirida tuman Madaniyat bo‘limi xodimlari tomonidan ijro etilgan qo‘shiqlar soha vakillariga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Bizni kuzatishda davom eting!
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati
0 izox