Joriy yilning 1-avgust sanasida Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining yetmish beshinchi sessiyasida Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik M.Ishkarayevning 6 oy davomida jinoyatchilikga qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi faoliyati yuzasidan hisoboti, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Bandixon tumani bo‘limining 2024-yil dastlabki 6 oyi davomida Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish samaradorligini oshirish bo‘yicha amalga oshirgan faoliyati, Bandixon tumani mahalliy budjetining 2024-yil II-chorak ijrosini tasdiqlash to‘g‘risida tuman Iqtisodiyot va moliya bo’limining hisoboti, Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashidagi deputatlik o‘rinlari sonini belgilash to‘g‘risida Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi kotibiyati mudiri O.Ishpulatovning hisobotlari tinglandi.
0 izox