|
Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashining 45-sessiyasini bo‘lib o‘tdi.

Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashining 45-sessiyasini bo‘lib o‘tdi.

Bugun tuman hokimligining katta majlislar zalida Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashining 45-sessiyasini bo‘lib o‘tdi. Sessiyada  PQ-3182-sonli va 2019 yil 8 yanvardagi PQ-4102-sonli qarorlariga asosan biriktirilgan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha 2022 yilning I choragi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tuman sektor rahbarlarining hisoboti, 2022-yilda chorvachilik tarmoqlarida ishga tushiriladigan yangi loyihalarning amalga oshirilishi

to‘g‘risida, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, turizm, investisiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga va tadbirkorlikka o‘qitish, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2021-yil 14-dekabr kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan “Xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligi, kelgusidagi ustuvor vazifalar hamda hokim yordamchilari faoliyatini tashkil yetish, 2022-yilda mehnat balansi va bandlik dasturini shakllantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi videoselektor yig‘ilishining 55-sonli bayoniga asosan

Bandixon tumanida amalga oshirilgan ishlarni o‘rganish natijalari to‘g‘risida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 22 apreldagi 213-F-sonli farmoyishiga asosan, tuman “Sahovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida, Bandixon tuman Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 27-umumiy o‘rta ta’lim maktablarining bo‘sh (vakant) bo‘lgan direktorlik lavozimiga xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan nomzodlarni tasdiqlash to‘g‘risida va boshqa masalalar ko'rib chiqildi.

0 izox