|
Bandixon tumani Bandixon mahallasiga yangi zamonaviy mahalla binosi qurib foydalanishga topshirildi.

Bandixon tumani Bandixon mahallasiga yangi zamonaviy mahalla binosi qurib foydalanishga topshirildi.

Bandixon tumani Bandixon mahallasiga yangi zamonaviy mahalla binosi qurib foydalanishga topshirildi.

Mamlakatimizda mahalla atamasi davlat shakllanishidan ham avvalroq paydo bo‘lgan bo‘lsa ajab emas. Mahalla – azal-azaldan milliy qadriyatlarimiz, ezgu amallarimiz, yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari maskani bo‘lib kelgan.

Prezidentimizning mahalla va qishloq fuqarolar yig‘inlariga berayotgan e’tibori natijasida ushbu tizimda juda katta yangiliklar, o‘zgarishlar va eng muhimi islohotlar amalga oshirildi. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan joriy etilgan ishlashning yangicha – “mahallabay” tizimi ham aholi muammolari yechimining asosiy kaliti ekinligi amalda o‘z isbotini topdi.

Joriy yilning 8-may kuni tumanda "Bandixon" mahalla fuqarolar yig‘iniga yangi bino foydalanishga topshirildi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda tuman hokimi, sektor rahbarlari, korxona va tashkilotlar rahbarlari, nuroniylar, yoshlar va mahallalar faollari ishtirok etdi.

Tadbirda yurtimizda mahalla institutini yanada rivojlantirish, amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar samarasi, ulkan bunyodkorlik ishlari haqida so‘z borib, olib borilayotgan barcha ezgu ishlar, avvalo, xalqimiz roziligi, inson qadri uchun xizmat qilayotgani ta’kidlandi.

Unda loyiha asosida barpo etilgan va barcha sharoitlarga ega mahalla fuqarolar yig‘ini binosi fuqarolar uchun haqiqiy bayram tuhfasi bo‘ldi. – Bugungi kunda amalga oshirilayotgan har bir islohot zamirida birinchi navbatda aholini rozi qilish, inson qadrini ulug‘lash yotganligini har bir fuqaro his qilmoqda, – deydi mahalla raisi.

Nuroniylar qo‘l ochib, yangi binolar va unda faoliyat yuritayotgan xodimlar faqat yaxshilik uchun, Yurtboshimiz boshchilik qilayotgan islohotlarni aholiga yetkazish, ijrosini ta’minlash uchun, xalqning quvonchu shodligi, tashvishu muammolarini bartaraf etish yo‘lida xizmat qilishdan charchamasligini, ushbu maskanlar xalqning eng suyukli joyiga aylanishini Yaratgandan so‘rab, duo qilishdi.

0 izox