Davlat xususiy sherikchilik asosida yangi maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi
150 o’rinli zamonaviy qiyofaga ega ushbu muassasada bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash, intellektual salohiyatini yuksaltirish, har jihatdan yetuk va barkamol voyaga yetishlari uchun zarur barcha sharoitlar yaratilgan. Muassasada musiqa, sport, gimnastika, ingliz, rus tillari to‘garaklari faoliyati ham yo‘lga qo‘yildi. Mazkur maktabgacha ta’lim tashkilotining ishga tushishi bilan 25 ta yangi ish o‘rni yaratildi.
Tadbirda tuman hokimi, sektor rahbarlari, nuroniylar va mahalla faollari ishtirok etdi.
Ochilish marosimida tuman hokimi Abdumalik Allamuradov so‘zga chiqib, tumandagi islohotlar va olib borilayotgan ishlar, xususan maktabgacha ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar xaqida so‘zni davom ettirdi.
0 izox