|
RASMIY MUNOSABAT

RASMIY MUNOSABAT

Effect.uz telegram kanali orqali  “Fermer xo‘jaliklari qarzi sabab oddiy fuqarolar ham jabr ko‘ryapti” mavzusidagi tarqalgan murojaat bo‘yicha RASMIY MUNOSABAT:

Bandixon tumani hokimligi ushbu holat yuzasidan quyidagilarni bildiradi:

“Fermer xo‘jaliklari qarzi sabab oddiy fuqarolar ham jabr ko‘ryapti” mavzusidagi tarqalgan murojaatni o‘rganish bo‘yicha viloyat va tuman ishchi guruhi tashkil qilinib, o‘rganish ishlari olib borildi.

Viloyat Prokuraturasi bo'limi katta prokurori U.Ergashev, "Surxondaryo suvqurilishinvest" DM direktori A.Mamatqulov, Amu-Surxon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig'i B.Alimov, tuman ishchi guruhi hamda tegishli mas'ullar ishtirokida tumanning "Limonzor" mahallasidagi fuqarolarning tomorqa yer maydonini oqava suv bilan doimiy ta’minlab berishda amaliy yordam so‘rab yo‘llagan murojaati joyiga borib o'rganildi.

 

O'rganish ishlari davomida,

Bandixon tumani “Limonzor” mahallasida umumiy sug‘oriladigan yer maydoni jami 1 100 gektar bo‘lib, shundan 9 ta fermer xo‘jaliklarining umumiy yer maydoni 600 gektar, aholi tomorqa yer maydonlari 500 gektarni tashkil etishi va ushbu yer maydonlarini fermer xo‘jaliklari hisobida bo‘lgan 5 dona turli rusumdagi ichki nasoslar yordamida sug‘orilib kelinganligi, shuningdek hozirgi kunda ushbu hududdagi fermer xo'jaliklari va aholi tomorqalarini sug'orishda foydalanilgan yirik quvvatli nasos agregatlarining ishlashi mobaynida ko'p miqdor qarzdorlik yuzaga kelganligi aniqlandi.

Ushbu hududni suv bilan ta'minlash maqsadida Bandixon tumanidagi “Limonzor” mahallasida Sherobod mashina magistral kanalidan bir ko‘tarmali 2 dona nasos (2,3 km D-1200 mm bosimli quvur) yordamida yangidan 6,8 km uzunlikda 1,5 mZ/sek sig‘imli kanal hamda 5 km uzunlikda 0,3 mZ/sek sig‘imli ichki sug‘orish tarmoqlarini qurish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

Ushbu loyihani amalga oshirish natijasida fermer xo‘jaliklarining ichki nasoslari tugatilib, mahalladagi mavjud qishloq xo‘jalik ekin yerlarini kafolatli suv bilan ta’minlanish bilan birga massivda yangidan yer maydonlarini o‘zlashtirish imkoniyati yaratiladi.

Bandixon tumanidagi “Limonzor” mahallasida Sherobod mashina magistral kanalidan bir ko‘tarmali 2 dona nasos yordamida yangidan 6,8 km uzunlikdagi 1,5 m3/sek sig‘imli kanal hamda 5 km uzunlikdagi 0,3 m3/sek sig‘imli ichki sug‘orish tarmoqlarini qurish loyihasi joriy yilda ishlab chiqilib, kelgusi yillarning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida amalga oshirilishini maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida Suv xo'jaligi vazirligining 2024 yil 11 yanvardagi 05/05-34-son xati orqali ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etilgan.

0 izox