|
Kuni kecha Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining 44-sessiyasi bo’lib o’tdi.

Kuni kecha Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining 44-sessiyasi bo’lib o’tdi.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining 44-sessiyasi kun tartibi:

1.Xizmatlar sohasini rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligi toʻgʻrisida.

(Maʼruzachi:tuman hokimi Oʻ.Choriyev

2. Bandion tuman Adliya boʻlimining davlat organlari va tashkilotlari tuman tuzilmalarining norma ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qoʻllash amaliyoti holati boʻyicha 2022-yil I-chorak yakuni toʻgʻrisida.

(Maʼruzachi: tuman Adliya boʻlimi boshligʻi R.Xurramov)

3. Xalq qabulxona mudirining I chorak davomida amalga oshirilgan ishlar to’g’risida axboroti

(Maʼruzachi: tuman Xalq qabulxona boʻlimi yetakchi mutaxassisi B.Abdishukurov)

4. Hokim yordamchilarining 2022-yil I chorakda amalga oshirilgan ishlar toʻgʻriisida hisoboti.

(Maʼruzachi: tuman Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markaz raxbari X.Q.Toʻrayev)

5. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boʻlimi boshligʻi U.Narmanovning hisoboti toʻgʻrisida

(Maʼruzachi: tuman Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boʻlimi boshligʻi U.Narmanov)

6.“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlariga kiritiladigan qishloq va mahallalarning dastlabki manzilli roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida

(Masʼul: Sanoat, transport, qurilish, kommunal soha va aholiga xizmat koʻrsatish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi)

7. Bandixon tumanida joriy yilning 05-martidan 02-aprelga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining “Openbudget.uz” rasmiy veb sayti orqali tumanda istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan onlayn va sms ovoz berish jarayoni yakuni bilan gʻolib deb topilgan yeng koʻp ovoz toʻplagan takliflarga “Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasi” hisobidan mablagʻ ajratish toʻgʻrisida.

(Masʼul: Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, turizm, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi)

8. Nogironligi boʻlgan, oʻzgalar yordamiga muhtoj yakka yolgʻiz keksalarni maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Nuroniy” gazetasiga bepul obuna qilish va mazkur masalaga bogʻliq sarf xarajatlarni sahovat va koʻmak jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirish toʻgʻrisida.

(Masʼul: Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, turizm, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi)

9. tuman mahalliy 2022-yilda I chorak yakuni bilan daromadini ortirib bajarilgan qismi hisobidan hamda foydalanilmay turgan joriy yil boshiga shakllangan erkin qoldiq hisobidan mablagʻ ajratish toʻgʻrisida.

(Masʼul: Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, turizm, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi)

10. Boshqa masalalar

 

XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHI

SESSIYA REGLAMENTI

1. Masalalarni koʻrib chiqish uchun-14 daqiqagacha

2. Muzokaralar uchun - 3-5 daqiqagacha

3. Savollar va maʼlumotlaru chun - 3-5 daqiqagacha         

 

0 izox