Barchamizga ma’lumki, Bandixon tumanidagi mahallalarda “Yoshlar ovozi” ko‘rik tanlovi o‘tkazilib, unda g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar tanlovning tuman bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi.
Bugun, tumandagi 17-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida o‘sib kelayotgan yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, bag‘rikenglik, mehr-oqibat ruhida tarbiyalash, baxshichilik va an’anaviy ijro, opera, estrada yo‘nalishlarida ijod qilayotgan yosh iste’dodlarni kashf qilish va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilgan tanlovning tuman bosqichi o‘tkazildi va g‘oliblar aniqlandi. Ularga tuman hokimligi hamda Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limining diplom, tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.
0 izox