|
Xorijdagi yoshlar bilan onlayn muloqot o’tkazildi

Xorijdagi yoshlar bilan onlayn muloqot o’tkazildi

Bugun Bandixon tuman hokimi Abdumalik Allamuradov hamda tuman sektor rahbarlari ishtirokida xorijda ishlayotgan yoshlar bilan onlayn muloqot tashkil etildi.

Xabaringiz bor 27-oktabr sanasida O’zbekiston Respublikasi Oliy majlis qonunchilik palatasi, viloyatlar, tuman -shahar Kengashlariga deputatlik saylovi bo’lib o’tadi.

Bunda migratsiyada yurgan yoshlarimiz va fuqarolarimiz ham saylov jarayonlarida bevosita ishtirok etadi. Sektor rahbarlari tomonidan ushbu saylovlarda migratsiyadagi yoshlarimiz va fuqarolarimizning faol ishtirok etishlari uchun tushunchalar berildi. Onlayn uchrashuvda tumanimizdagi nuroniy otaxonlarimiz ham ishtirok etib, yoshlarning ishlariga muvafaqqiyatlar tilagan holda, ularni har xil yod g’oyalarga berilmasliklari so’raldi.

Bundan tashqari tuman hokimi va sektor rahbarlari tomonidan yoshlarni qiynayotgan muammolar eshitildi.

Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati

0 izox