Bandixon tumanida ham nogironligi bo‘lgan shaxslarni har taraflama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan keng qamrovli tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ularning xonadonlariga borilib, holidan xabar olish hamda xayriya va saxovat yordamlarini ko‘rsatish ishlari amalga oshirib kelinmoqda.
Bugun Bandixon tumanidagi "Shukrona" tantanalar saroyida sana munosabati bilan tadbir tashkil etildi. Unda tuman hokimi Abdumalik Allamuradov va tuman prokurori B.Toshpulatovlar ishtirok etib, nogironligi bo‘lgan shaxslar doimo davlat va jamiyat g‘amxo‘rligida ekanligini ta’kidladi va ularga tuman hokimligi hamda hamkor tashkilotlarning esdalik sovg‘alari topshirildi.
Shuningdek, to‘kin dasturxon atrofida tuman madaniyat bo’limi tomonidan konsert dasturi tashkil etilib, nogironligi bo‘lgan fuqarolarimizning ko‘nglini ko‘tarish, ularga bayramona kayfiyat ulashishga harakat qilindi.
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati
0 izox