Bandixon tumani prokurori B.Toshpulatov tomonidan sektor hududidagi "Bektepa" mahallasi Oybek ko‘chasida aholi murojaatlarini joyiga borgan holda tinglash, o‘rganish va hal etish maqsadida aholi bilan “Sayyor qabul” tashkil etildi.
"Bektepa" mahallasida tashkil etilgan muloqot davomida 21 nafar fuqarolardan aholi qiynab kelayotgan 8 ta masalalardagi murojaatlari qabul qilindi.
Mas’ullar ishtirokida murojaatlarni o‘rganib chiqilishi natijasida 2 ta masala bo‘yicha murojaatlar shu joyning o‘zida hal etildi.
Qolgan murojaatlarni tegishliligi bo‘yicha o‘rganib chiqish uchun mas’ullarga ijro uchun yo‘naltirilib, ijrosi tuman prokurori tomonidan nazoratga olindi.
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati
0 izox