|
Bandixon tuman hududini yashillikka aylantiramiz

Bandixon tuman hududini yashillikka aylantiramiz

Shu kunlarda yurtimizdagi barcha joylarda jumladan, Bandixon tumanining barcha hududlarida ham “Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish, ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilib kelinmoqda.
Bugun Bandixon tuman hokimi Abdumalik Allamuradov va tuman prokurori Bobur Toshpulatovlar boshchiligida tuman hududidan o'tuvchi 4R-100 yo'li yoqasiga ko'chatlar ekildi.

Shu o'rinda, Bandixon tumani hududini yashillikka aylantiramiz va bu amalga oshirayotgan bunyodkorlik hamda ko'kalamzorlashtirish ishlarimiz kelajak avlod uchun. - deydi tuman hokimi Abdumalik Allamuradov.

Bunday sa’y-harakatlardan ko‘zlangan asosiy maqsad – mamlakatimiz bo‘ylab amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘kalamzorlashtirish, mahallalar hududlarini, aholi turar joylari atrofini yanada ko‘rkam ko‘rinishga keltirishdan iborat.

Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati

0 izox