|
Tumanda tashkil etilgan Kichik sanoat zonalariga Tadbirkorlik subektlarini jalb etish bo‘yicha seminar

Tumanda tashkil etilgan Kichik sanoat zonalariga Tadbirkorlik subektlarini jalb etish bo‘yicha seminar

Tumanimizda umumiy yer maydoni 33,5 gektar bo‘lgan 3 ta Kichik sanoat zonasi tashkil etilgan. Ushbu kichik sanoat zonalarida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish belgilangan.
1.Bektepa Kichik sanoat zonasi. Sobiq Oybek paxta punkti bo‘lib, 4 gektar yer maydonida joylashgan. 14 ta lotlarga bo‘linib, shundan 5 tasiga tadbirkorlik sub’yektlari joylashtirilgan va qolgan 9 ta lotlar Ye-ijro auksionga chiqarilmoqda. Kichiksanoat zonasi Elektr, gaz, suv va yo‘l infratuzilmalari bilan ta’minlangan.


2. Bektepa 2 kichik sanoat zonasi. Tojinor sho‘rchi xususiy korxonasining orqa tomonidan joylashgan bo‘lib, yer maydoni 2,5 gektar. 9 ta lotga bo‘lingan va hozirgi kunda Ye-ijro auksionga chiqarilmoqda.Ushbu yer maydonida asosan qurilish materiallari ishlab chiqarishni rivojlantirish rejalashtirilgan. Kichik sanoat zonasiga Elektrvasuv tarmoqlari olibborilgan,shuningdek, gaz va yo‘l infratuzilmalari ham olib boriladi.


3. Bektepa 3 kichik sanoat zonasi. Qabriston hamda metan zapravka yonida joylashgan bo‘lib, yer maydoni 27 gektar. Ushbu kichiksanoat zonasini 90 ta lotga bo‘lish rejalashtirilmoqda. Hozirgi kunda kichik sanoat zonasiga Elektr. suv, gaz va yo‘l infratuzilmalari tortish uchun hisob kitob ishlari olib borilmoqda. Ushbu infratuzilmalar bilan to‘liq ta’minlanadi.


Kichik sanoat zonasi yer maydonlari lotlarga bo‘lingan holda faqat sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish uchun Ye-ijro auksionda sotiladi. Ye-ijro auksionda qatnashish onlayn amalga oshirilib unda tadbirkorlik sub’yektiga elektron klyuch va paroli zarur bo‘ladi. Auksionda qatnashish uchun yer maydoni boshlang‘ich narxining 20 foizi miqdorida to‘lov amalga oshirib qatnashilari. Agarda ishtirokchi yer maydonini yutib ololmasa to‘langan summasi qaytarib beriladi. 1 sotix yer maydoni o‘rtacha 1 mln.so‘m atrofida baxolanadi.

0 izox