Joriy yilning 3-avgust sanasida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug’bek Qosimov Bandixon tumaniga tashrif buyurdi. Viloyat rahbari tumanning “Bandixon” mahallasida “Obod turmush shifo” MChJ tomonidan tashkil etilgan “Malham med” xususiy klinikasining ochilish marosimida ishtirok etdi.
Jonliq so’yilib, yurtimizga tinchlik, xalqimizga sihat-salomatlik so’raldi.
Aholiga sifatli va samarali tibbiy xizmat ko‘rsatishda muhim omil hisoblangan klinika zamonaviy tibbiy asbob-uskuna va jihozlar bilan ta’minlangan.
Klinikada yotib davolanish uchun 25 o’rin ham mavjud.
0 izox