|
SEMINAR TASHKIL ETILDI

SEMINAR TASHKIL ETILDI

Bugun Bandixon tumanidagi Mahalla markazi faollar zalida Fuqarolar yig‘inlari rais (oqsoqol) lari saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi tuman komissiya a’zolari hamda mahallalardagi ishchi guruhlari uchun seminar bo‘lib o‘tdi.
Unda Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati, Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi tuman komissiyasi a'zolari, TerDU o'quvchilari, Ma'naviyat va ma'rifat Surxondayo viloyati boshqarmasi mutaxasislari hamda tuman Adliya bo‘limi vakillari tomonidan jarayonni tashkil etish bo‘yicha tushintirish va tavsiyalar berildi. Tadbirda ishtirokchilar savollari bo‘yicha batafsil ma'lumotlar berib o‘tildi.

0 izox