Surxondaryo viloyati Bandixon tumanining 2023-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 6,24-moddalari, Budjet kodeksining 99-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining “2023-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi 2022 yil 30 dekabrdagi O‘RQ-813-son Qonuniga muvofiq hamda Surxondaryo viloyati hokimligining Moliya bosh boshqarmasining 2022 yil
29 dekabrdagi 22-04-10/657-son xati va Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining 2022-yil 31-dekabrdagi VI-65-303-8-0-K/22-sonli qarorini inobatga olib, Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi
QAROR QILDI:
- O‘zbekiston Respublikasining “2023-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi 2022 yil 30 dekabrdagi O‘RQ-813-son Qonuniga muvofiq hamda Surxondaryo viloyati hokimligining Moliya bosh boshqarmasining 2022 yil 29 dekabrdagi 22-04-10/657-son xati va Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining 2022-yil 31-dekabrdagi VI-65-303-8-0-K/22-sonli qarorini ijro va rahbarlik uchun qabul qilinsin.
- O‘zbekiston Respublikasining “2023-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida” Qonuniga muvofiq, Bandixon tumani mahalliy budjetining 2023-yil uchun daromadlari 51 311,4 mln.so‘m, xarajatlari
128 711,7 mln.so‘m prognoz qilinganligi hamda respublika budjetidan ajratiladigan tartibga soluvchi budjetlararo transfertlar 77 400,3 mln.so‘m miqdorida tasdiqlanganligi ma`lumot uchun qabul qilinsin. - 2023-yil uchun tuman mahalliy budjeti daromadlari prognozi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi ma`lumot uchun qabul qilinsin.
- 2023-yil uchun tumanining budjetidan hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan mablag‘larning cheklangan miqdorlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
- 2023-yil uchun tumaniga umumdavlat soliqlaridan ajratmalar normativlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
- 2023-yil uchun tumanlar va shaharlar mahalliy budjetlarining daromadlari va xarajatlarining prognozi 4-ilovaga muvofiq ma`lumot uchun qabul qilinsin.
- 2023-yil uchun viloyat budjetidan tuman mahalliy budjetiga ajratiladigan tartibga soluvchi budjetlararo transfertlar miqdorlari 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
- 2023-yil uchun tuman mahalliy budjetining tuman mahalliy budjeti zaxira
jamg‘armasi hajmlari 1 215,0 mln.so‘m miqdorida belgilansin.
- 2023-yil uchun tuman budjeti shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida turgan budjet mablag‘larining yo‘l qo‘yiladigan eng kam miqdori 355,9 mln.so‘m miqdorida 6-ilovaga muvofiq belgilansin.
- O‘zbekiston Respublikasining mazkur Qonuni bilan 2023-yilda xalq deputatlari Kengashlarini mahalliy budjetlarni boshqarishda, xususan mahalliy budjet xarajatlarini hududiy budjet mablag‘lari taqsimlovchilar kesimida tasdiqlash va ularning Kengash oldidagi hisobdorligini belgilash bo‘yicha vakolatlari kengaytirilganligi inobatga olinsin.
Shuningdek, 2023-yilda quyidagi soliq turlari:
- a) Quyidagi soliq turlari tuman mahalliy budjetiga to‘liqligicha o‘tkazib beriladi:
- jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i;
- jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i;
- jismoniy shaxslarning mulklarni ijaraga berishidan olinadigan yillik daromadlari bo‘yicha deklaratsiyaga asosan hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to‘lanadigan daromad solig‘i;
- sement va ohaktoshdan tashqari, alohida noruda qurilish materiallari bo‘yicha yer qa`ridan foydalanganlik uchun soliq;
- yig‘imlar;
- yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun daromad solig‘i;
- yuridik shaxslardan olinadigan mulk solig‘i;
- aylanmadan olinadigan soliq.
- b) Quyidagi soliq turlari va boshqa majburiy to‘lovlar viloyat budjeti hamda
shahar va tumanlar budjetlari o‘rtasida taqsimlanadi:
- yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i;
- elektr stansiyalaridan boshqa to‘lovchilar tomonidan to‘lanadigan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
- jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligi;
- benzin, dizel yoqilg‘isi va gazning chakana sotuvi uchun aksiz solig‘i;
- davlat aktivlarini sotishdan qonunchilikda belgilangan normativlar bo‘yicha
olingan daromadlar.
- d) mobil aloqa xizmatlari uchun aksiz solig‘i va alkogol maxsulotlari, shu jumladan pivo uchun aksiz solig‘idan tushumlar tuman va shahar aholisining viloyat aholisidagi ulushiga muvofiq o‘tkazib beriladi.
- Tuman hokimining moliya – iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari (K.Salimov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi (J.Yo‘ldoshev), tuman hokimligi Moliya bo‘limi (I.Jonqobilov), tuman Davlat soliq inspeksiyasi (T.Sarmanov) bilan birgalikda:
tegishli budjetlarni birinchi navbatda ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar,
oziq-ovqat va dori-darmon va kommunal xizmatlar xarajatlarining rejalashtirilishini nazarda tutgan holda shakllantirish;
mahalliy budjet prognoz ko‘rsatkichlarni o‘z vaqtida va samarali bajarish;.
budjet mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish;
budjet intizomiga rioya etilishi ustidan nazorat va mas`uliyatni yanada kuchaytirish;
tegishli mahalliy budjetlarga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning to‘liq tushumini ta`minlash;
budjet daromadlar bazasini oshirish va qo‘shimcha rezervlarni aniqlash zarurligiga alohida e`tibor qaratsin.
- Tuman Davlat soliq inspeksiyasi (T.Sarmanov) tumanlar va shaharlar Davlat soliq inspeksiyalari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan vakolatlaridan kelib chiqib:
soliqlarning to‘liq va to‘g‘ri hisoblanishini hamda ushbu soliqlarni o‘z vaqtida budjetga undirilishi ustidan soliq nazoratini kuchaytirish;
yer solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va mol-mulk soliqlari bo‘yicha doimiy tahlillar o‘tkazgan holda, soliqlarni to‘liq hisoblanishini ta`minlash hamda ushbu soliq to‘lovlari bo‘yicha soliq qarzdorligiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish;
aylanmadan soliq turi bo‘yicha soliq to‘lovchilar tomonidan naqd pul aylanmalarining soliq hisobotlarida to‘liq aks ettirilishi ustidan doimiy soliq nazoratini o‘rnatish hamda zarur hollarda xronometraj va kameral soliq nazorati tadbirlarini o‘tkazish;
Bunda, mazkur yo‘nalishda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida fuqarolarga xarid chekini talab qilib olishni targ‘ib etuvchi ijtimoiy roliklar hamda video materiallar tayyorlab, ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalarida keng targ‘ibot tashviqot ishlarini olib borishga alohida e`tibor qaratish;
xatlov ishlarini samarali tashkil etish orqali yer va mol-mulk solig‘ining soliq bazasini oshirish;
Kadastr agentligining tumani bo‘limi (X.Allamuratov) bilan birgalikda tumanda mavjud soliq to‘lovchilarning mol-mulklari maydonlarini chuqur tahlil etgan holda ushbu mol-mulklarga nisbatan soliqlarni to‘liq hisoblanishini ta`minlasin.
- Tuman Davlat soliq inspeksiyasi (T.Sarmanov), Kadastr agentligi tuman bo‘linmasi (X.Allamuratov) 2022 yildan boshlab yuridik shaslar mol-mulk solig‘ini
hisoblashda ko‘chmas mulklarga 1 kv.metr uchun minimal miqdorlar joriy etilganligidan kelib chiqib, viloyatda mavjud soliq to‘lovchilarning mol-mulklari maydonlarini chuqur tahlil etgan holda ushbu mol-mulklarga nisbatan soliqlarni to‘liq hisoblanishini ta`minlasin.
- Tuman Davlat Soliq inspeksiyasi (T.Sarmanov), Kon-geologiya faoliyatininazorat qilish mintaqaviy inspeksiyasi hamda tumanlar va shaharlar hokimliklari bilan birgalikda:
noruda qurilish materiallarini qazib olish sohasida noqonuniy faoliyat olib borayotgan karerlarni aniqlash bo‘yicha xatlovlar o‘tkazish;
xatlov natijalari bo‘yicha aniqlangan noqonuniy faoliyat olib borayotgan karerlar faoliyatini qonuniylashtirish hamda ularni soliq bazasiga qamrab olish;
noruda qurilish materiallarini qazib olish sohasida faoliyat olib borayotgan karerlar tomonidan qazib olinayotgan noruda qurilish materiallar hajmining soliq hisobotlarida to‘liq aks ettirilishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatsin.
Bunda, ushbu sohada faoliyat olib borayotgan karerlarning qazib olish hajmlarini doimiy tahlil qilib borish hamda zarur hollarda qazib olish hajmlarini aniqlashda mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan “marksheydrlik” xizmatlaridan foydalanish lozimligi alohida belgilab qo‘yilsin.
- Majburiy ijro byurosi tuman bo‘linmasi (I.Mamatqulov) tuman davlat soliq inspeksiyasi (T.Sarmanov) bilan hamkorlikda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha mavjud soliq qarzdorliklarini budjetga undirish yuzasidan tegishli choralar ko‘rib borsin hamda choraklar yakuni bilan soliq qarzdorliklarining chorak boshiga nisbatan kamayib borishi bo‘yicha barcha kompleks chora-tadbirlar ko‘rib borishni ta`minlasin.
- Tuman Irrigatsiya bo‘limi (Sh.Norqo‘chqorov) va tuman Davlat soliq inspeksiyasi (T.Sarmanov) tumanlar va shaharlar hokimliklari bilan birgalikda viloyatda sug‘orishga sarflanayotgan suv hajmlari bo‘yicha aniq hisob-kitoblar yuritgan holda mazkur iste`mol hajmlari bo‘yicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlarni to‘liq hisoblanishini hamda moliya yili yakuniga qadar mahalliy budjetlarga to‘liq undirib olish choralarini ko‘rsin.
Bunda, qishoq xo‘jaligi korxonalari tomonidan iste`mol qilinayotgan suv resuslari hajmlari va ushbu hajmlar bo‘yicha hisoblanayotgan suv soliqlari bo‘yicha doimiy tahlillar o‘tkazishga alohida e`tibor qaratilsin.
- Tuman Ichki ishlar bo‘limi (A.Berdinazarov), tuman Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi (R.Qalqanov), Majburiy ijro byurosi tuman bo‘linmasi (I.Mamatqulov), tuman Adliya bo‘limi (R.Xurramov) hisoblangan boj, jarima va yig‘imlarni o‘z vaqtida o‘rnatilgan tartibda budjetga undirish choralarini ko‘rib borsin.
- Xalq deputatlari tuman Kengashining mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasiga:
mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risidagi hokimlik tomonidan taqdim etiladigan takliflarini belgilangan muddatlarda jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish va budjet qonunchiligiga to‘liq rioya etilgan holda Kengash qaror loyihasini ishlab chiqish;
Kengash qarori asosida mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan ajratilgan mablag‘larni samarali va maqsadli foydalanishi ustidan nazorat o‘rnatish,
tavsiyalar berish va monitoring qilish;
mahalliy budjet xarajatlarining qonunchilikda belgilangan qismining jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilishida ishtirok etish va ushbu mablag‘larning maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni amalga oshirish vazifasi topshirilsin.
- Tuman hokimlikliga:
Tuman mahalliy budjeti jami xarajatlarining 5 foizi hamda shakllangan qo‘shimcha mablag‘larining kamida 30 foizini jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan tadbirlarni moliyalashtirish uchun “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”ga yo‘naltirishni;
bunda, Хalq deputatlari tuman Kengashi, Yoshlar ishlar agentligi, tuman hokimliklari huzuridagi jamoatchilik Kengashlari hamda yangi joriy etiladigan hokim yordamchilari budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta`minlash maqsadida aholiga keng targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borishni tavsiya etish;
Tuman mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan xarid qilingan tovarlar va xizmatlar, qurilish, rekonstruksiya qilish va ta`mirlash ishlari olib borilayotgan ob’ektlar ro‘yxati, shuningdek qurilish-ta`mirlash ishlarining moliyalashtirilishi to‘g‘risidagi ma`lumotlar har chorak yakunlariga ko‘ra, keyingi chorak birinchi oyining 10 sanasiga qadar majburiy tartibda tegishli hokimlik rasmiy veb-saytlariga joylashtirib borish topshirilsin.
- Tuman hokimining moliya – iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari (K.Salimov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi (J.Yo‘ldoshev), tegishli tashkilotlar bilan birgalikda:
mahalliy budjet daromad va xarajatlarining prognoz ko‘rsatkichlari bajarilishi hamda soliq bazasini kengaytirish yuzasidan ko‘rilgan chora-tadbirlar;
ajratilgan budjet mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanishi yuzasidanerishilgan natijalar bo‘yicha xalq deputatlari viloyat Kengashiga chorakda kamida bir marotaba hisobot kiritib borsin.
- Mazkur qaror “Yangi Bandixon” gazetasida rasmiy e`lon qilinsin hamda tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
- Ushbu qaror rasmiy e`lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
- Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Xalq deputatlari tuman Kengashining mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi zimmasiga yuklansin.
0 izox