|
O'zbek milliy maqom san'ati markazi Surxondaryo viloyati hududiy bo'limi tomonidan konsert tadbiri bo'lib o'tdi.

O'zbek milliy maqom san'ati markazi Surxondaryo viloyati hududiy bo'limi tomonidan konsert tadbiri bo'lib o'tdi.

Maqom musiqa ijodiyotining boshqa turlaridan badiiy mukammalligi, kuy hamda shakl tuzilishlari, lad va usul tizimlari hamda ilmiy va amaliy asoslari puxta ishlangani bilan farq qiladi. Maqom musiqa, sheʼriyat hamda raqs sanʼatlarini mujassamlashtiruvchi mushtarak badiiy durdonadir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirish va soha vakillari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash choralari to‘g‘risida"gi PQ-289 sonli qaroriga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 33 yilligini keng nishonlash maqsadida bugun tumanning "Bandixon" mahallasida joylashgan 17-sonli bolalar musiqa va san'at maktabida O'zbek milliy maqom san'ati markazi Surxondaryo viloyati hududiy bo'limi tomonidan konsert tadbiri bo'lib o'tdi.

0 izox