|
O'quv seminar

O'quv seminar

Bugun, Bandixon tuman hokimligida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi farmon va qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasi faoliyatini samarali tashkil etish bo'yicha hududlardagi ekspertlar uchun ZOOM dasturi orqali o'quv seminari tashkil etildi.

Seminar doirasida Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, boquvchisini yo'qotgan xotin-qizlarning farzandlarini davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalariga qamrab olish, ularga berilgan imtiyozlardan foydalanish, xalq ta'lim sohasida kam ta'minlangan oilalar, xotin-qizlar va yoshlarni qo'llab-quvvatlash, ularni bilim olish imkoniyatlarini kengaytirish kabi bir qancha mavzularda mutaxassislar tomonidan asosiy ma'lumot va ko'nikmalar berildi.

Eslatib o'tamiz mazkur seminar joriy yilning 20-21 aprel kunlari bo'lib o'tadi. 

BATAFSILL https://t.me/Bandixonthaxborotxizmati/5513

0 izox