Oila - jamiyatning mo'jaz, kichik bir bo'lagidir. Agar oilaning negizini sof insoniy tuyg'ular, muhabbatga tashkil qilsa, unda totuvlik va baxtiyorlik hukm suradi. Tabiiyki, bunday muhitda farzandlar sog'lom ulg'ayishadi. Shu sababli xalqimiz hayotni oilaviy turmushsiz tasavvur qilisholmasligi tarziga asoslangan. Oila muqaddas, oila millat sharafi yuqori martabaga ko'taradigan madaniyat o'chog'idir. Millat ko'payishining birdan – bir yo'li erkak va ayolning nikoh va oila munosabatida bo'lishidir.
Joriy yilning 31-iyul kuni viloyat hokimining o’rinbosari-oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig’i Z.Xidirova va tuman oila va xotin-qizlar bo’limi boshlig’i I. Mamasolayeva, tuman prokuraturasi hamda tuman IIB xodimlari bilan hamkorlikda Bandixon tumanidagi ajrim yoqasida bo’lgan oilalarni yarashtirish bo’yicha amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. Ajrim yoqasidagi oilalarga tushuntirishlar berilib, suhbatlar o’tkazildi. Ularni yarashtirish choralari ko'rildi.
Unda jami 30 ta oilalar qatnashib, shundan 5 ta oilalar shu joyning o’zida yarashtirildi. 3 ta oilani yarashtirishga vaqt talab qilganligi sababli ularga vaqt berilib, qolgan 22 ta oilalarga sud tartibida ko'rib chiqilishiga muddat berildi.
0 izox