|
MEDIA-TUR

MEDIA-TUR

Bugun “Yashil makon” umummilliy harakati doirasida Bandixon tumanida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida Press-tur tashkil qilindi.
Unda tuman hokimining oʻrinbosari A.Mamatqulov, soha xodimlari hamda ijtimoiy tarmoq faollari ishtirok etishdi.

“Yashil makon” umumilliy loyihasi doirasida 2021-2022-yillar davomida tuman boʻyicha jami 1 mln 136 ming 200 tup daraxt va buta koʻchatlari ekilishi belgilab olingan.
2021-yilning noyabr-dekabr oylarida 454 ming 400 tup ekilishi rejalashtirilgan boʻlib, 462 ming 900 tup ekilib, rejaga nisbatan 101 foizga bajarilgan.
2022-yilning bahor mavsumida koʻchat ekish rejasi 681 ming 800 ming tup boʻlib, 27-mart holatiga jami 662 ming 343 tub koʻchatlar ekilib 97.2 foizga bajarildi.
Tumanda bu kabi ishlar davom etmoqda

0 izox