Mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovi barcha hududlarida davom etmoqda. Xabaringiz bor 16- maydan O‘zbekistonda shaharcha, qishloq, ovul, shuningdek shaharlardagi, shaharchalardagi, qishloqlardagi, ovullardagi mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovi Bandixon tumanida ham bo'lib o'tmoqda. Bugun tumanning "Obikor" MFY da Mahalla oqsoqolini saylash jarayonlari bo'lib o'tdi. Unda Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi kotibiyat mudiri Olim Ishpo'latov, tuman hokimligi Axborot xizmati rahbari, hokimning axborot siyosati masalalari bo'yicha maslahatchisi Maratbek Yunusovlar ham komissiya a'zolari sifatida saylov jarayonlarini nazorot qildi. Saylovlar iyungacha davom etadi.
Nomzodlar qanday tanlanadi va tasdiqlanadi?
Fuqarolar yig‘ini — bu fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi bo‘lib, ularning mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan masalalarini hal qilishda mustaqil faoliyat yuritadi. O‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risidagi qonunga ko‘ra, ular davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi, aholi manfaatlarini ifodalaydi va tegishli hududda ular nomidan qarorlar qabul qiladi.
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) fuqarolar yig‘ini tomonidan, fuqarolar yig‘inini chaqirish imkoni bo‘lmagan taqdirda esa, fuqarolar vakillarining yig‘ilishi tomonidan uch yilga saylanadi.
Bandixon tuman hokimligining MATBUOT XIZMATI
0 izox