|
Ko'rgazmali o'quv - seminar tashkil etildi

Ko'rgazmali o'quv - seminar tashkil etildi

Bugun , "2022- yil hosili uchun chigit ekilgan maydonlarda kultivatsiya, chopiq, yagana qilish va suspenziya sepish hamda dala atroflariga oshqovoq va tut ko'chatlarini ekish" bo'yicha Surxondaryo viloyati hokimi o'rinbosari U.Turopov, Bandixon tumani hokimi O'.Choriyev, sohaga tegishli tuman tashkilot rahbarlari, paxta to'qimachilik klaster rahbarlari va ularning agronomlari hamda tumandagi fermerlar ishtirokida ko'rgazmali o'quv - seminar bo'lib o'tdi.
Seminar davomida dala atroflariga oshqovoq ekinini ekish ishlarini tashkil etish, tut, tol va boshqa ko'chatlarni hamda terak qalamchlarini ekish, 2022- yil hosili uchun chigit ekilgan maydonlarda kultivatsiya tadbirlarini o'tkazish, g'o'zani (suspenziya) bargidan oziqlantirish, mayda chopiq, o'toq va yagana qilish tadbirlari tushuntirilib, amaliy ishlar bajarildi.

0 izox