O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Kengashining 2022-yil 18-apreldagi “Jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlar bajarilishi yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining hisobotlarini eshitib borish to‘g‘risida”gi KQ-334-VI-sonli qaroriga asosan Jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlar bajarilishi yuzasidan har chorak yakunida hisobot berib borilishi belgilangan.
Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashining qarorlariga asosan tuman mahalliy budjeti umumiy xarajatlarining 5 foiz qismi miqdorida ajratiladigan mablag‘lar hisobidan 50 foizi miqdorida 5 276 404 000 so‘m, 2024-yil boshida shakllangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan 30 foizini 1 241 000 000 so‘m, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktabrdagi “Jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan loyihalarni moliyalashtirish ko‘lamini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-409-son qaroriga asosan viloyat budgetidan ajratiladigan mablag‘ 326 000 000 so‘m, Mening yo'lim loyihasi bo'yicha aratilgan mablag‘ 4 000 000 000 so‘m, 2024-yil boshiga “Tashabbusli budjet” jamg‘armasi qoldiq 621 456 000 so‘m, 2023-yil jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan loyihalarni moliyalashtirish tadbirlariga ajratilgan mablag‘lardan iqtisod qilingan qoldiq mablag‘ 64 490 264 so‘m jami 11 529 350 000 so‘m “Tashabbusli budjet” jamg‘armasiga o‘tkazib borilishini ta‘mindi.
2024-yil 1-mavsumda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar, ya’ni tashabbusli byudjetlashtirish natijalari bo‘yicha ma’lumotlar va tashabbusli byudjetlashtirish natijalari bo‘yicha ma’lumotga ilovalar 1-ilovaga asosan;
2024 yil o‘tkazilgan tashabbusli byudjet jarayoni yakunlariga ko‘ra ishlarni amalga oshirish uchun ajratilgan mablag‘lar bilan shartnomalarga muvofiq yakuniy mablag‘larga nisbatan bo‘shab qolgan (iqtisod qilingan) qismini jamg‘armaga qayta tiklash miqdori to‘g‘risidagi ma’lumot 2-ilovaga asosan belgilandi.
0 izox