Joriy yilning 6-sentabr sanasida Bandixon tumanida ko‘p yillardan buyon O‘zbekistonda yashab kelayotgan, ammo fuqarolikni ololmagan ikki nafar shaxsga O‘zbekiston fuqaroligi - ID kartasini tantanali ravishda topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda tuman IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmasi tomonidan Gulsun Roziyeva hamda Boynazarova Ashurgullarga O‘zbekiston fuqaroligi berilib, fuqarolikni qabul qilganligi bilan qizg‘in tabriklandi. Fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik pasporti – ID karta tantanali topshirildi.
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik pasporti – ID kartani qabul qilib olgan fuqarolarimiz Prezidentimizning qarorlaridan bag‘oyatda quvonganlari, bugungi sanani 27 yildan buyon orziqib kutganlari va ushbu kun hayotidagi eng baxtli dam bo‘lib qolishini aytib o'tdilar.
0 izox